
Liga 1. Dembele dubl qayd etgan bahsda PSJ yirik hisobda zafar quchdi
Liga 1ning 25-turi doirasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu turda Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar safarda "Renn" ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 27-daqiqasida Barkola hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Ramush hisobni 2 taga etkazib qo‘ydi. 2 daqiqa o‘tib esa raqib jamoa hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 90+1 va 90+4 - minutlarda Dembele dubl qayd etib, yirik hisob bo‘lishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, PSJ keyingi uchrashuvini 11 mart kuni "Liverpul"ga qarshi o‘tkazadi. Ilk bellashuvda 0:1 hisobida engilgan edi.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum

Renn
- Lilian Brassier 53'
Tugadi
1
:
4
08.03.2025 21:00

PSJ
- Bradley Barcola 27'
- Gonçalo Ramos 50'
- Ousmane Dembélé 90'
- Ousmane Dembélé 90'
Fikrlar