"Leyptsig" yarim himoyachisi "Liverpul"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
"Livepurl" yozgi transferlar oynasida yarim himoyachi sotib olishga harakat qilmoqda. Klub radariga "Leyptsig" vakili Dominik Soboslai ham qo‘shildi, deya xabar berdi "The Athletic" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, vengriyalik yarim himoyachining o‘zi ham "qizillar" safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Ayni dam tomonlar muzokaralar o‘tkazmoqda. Nemis klubi mersisaydliklardan Fabiyu Karvalyuni ijaraga olishga yaqin turibdi.
Soboslai "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Futbolchiga APLdan "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar