
"Leyptsig" himoyachisi "Bavariya"ning yozdagi asosiy maqsadiga aylandi
"RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano yozda "Bavariya" futbolchisiga aylanashi mumkin.
France Football nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar frantsiyalik futbolchini yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda. Ushbu transfer orqali klub Jerom Boatengga o‘rinbosar olib kelishni rejalashtirishgan.
Ta’kidlanishicha, "Bavariya" skautlari 21 yoshli futbolchini Liga 2 dagi faoliyatidanoq kuzatib kelishmoqda.
Upamekanoning "RB Leypig" bilan shartnomasida uning tovon puli 60 million evro ko‘rsatilgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2021-yil yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar