Levandovskining agenti “Barselona” bo‘yicha yakuniy qarorni aytdi

  • 21 dekabr, 2023, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Katalonyai klubini tark etishi haqida ma’lumotlar ko‘payib qoldi.

Tecno

Aksariyat manbalar “Barselona” mutasaddilari eng katta maosh olayotgan 35 yoshli forvardni sotib yuborib, o‘rniga bir necha futbolchini transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Polshalik to‘purarning agenti Pini Zaxavi o‘z mijozi kelajagiga oydinlik kiritdi.

- Levandovskining kelajagi haqida nima deyish mumkin? Albatta, Robert “Barselona”da qoladi, - dedi Pini Zaxavi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni klublari tajribali to‘purarga yaxshi daromadli maosh taklif qilayotgani, “Barselona” bu transferdan mo‘maygina daromad ishlab olishni mo‘ljallayotgani haqida ham axborot tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!