
Levandovski yana bir bor Germaniyaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Get German Football News (GGFN) portali o‘z talqiniga ko‘ra, Germaniyaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan Robert Levandovski joy oldi. E’tiborlisi, kuchli o‘nlikdagi futbolchilarning naqd 8 tasi “Bavariya” a’zolari bo‘ldi.
1. Robert Levandovski (hujumchi, "Bavariya")
2. Yozua Kimmix (yarim himoyachi, "Bavariya")
3. Jeydon Sancho (yarim himoyachi, "Borussiya" Dortmund)
4. Erling Xoland (hujumchi, "Borussiya" Dortmund)
5. Tomas Myuller (yarim himoyachi, "Bavariya")
6. David Alaba (himoyachi, "Bavariya")
7. Manuel Noyer (darvozabon, "Bavariya")
8. Serj Gnabri (yarim himoyachi, "Bavariya")
9. Alfonso Devis (himoyachi, "Bavariya")
10. Leon Gorettska (yarim himoyachi, "Bavariya")
Fikrlar