
Levandovski polshalik futbolchilar orasida peshqadamga aylanib oldi
Ispaniya chempionati peshqadami “Barselona” oltinchi turda safarda “Vilyarreal” mehmoni bo‘lmoqda. Ushbu uchrashshuvda kataloniyaliklarning polshalik hujumchisi Robert Levandovski dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol uning "Barselona" tarkibidagi La Ligada kiritgan 49-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, Levandovski polshalik futbolchilarning Ispaniya chempionatidagi rekordini yangiladi. Bungacha “Osasuna”, “Valyadolid” va “Toledo” klublarida to‘p surgan Yan Urban Ispaniya chempionatida 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan polshalik futbolchi hisoblanar edi. U bu natijaga 1989-1996 yillar oralig‘ida 177 ta o‘yinda erishgan.
Fikrlar