
Levandovski o‘rnini 17 yashar bola egallaydi
“Bavariya” kelajak uchun iste’dodli hujumchi topdi. Myunxenliklar “Renn” safida o‘zini ko‘rsata boshlagan 17 yashar Matis Telni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Manbalarning ta’kidlashicha, Evropaning bir necha klublari bu vunderkindni o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti.
“Bavariya” mutasaddilari iste’dodli o‘yinchi uchun frantsuzlarga so‘rov yuborib, etti million evro miqdorida badal puli va qo‘shimcha bonuslar taklif qildi.
Matis o‘tgan mavsumda Frantsiya chempionatida etti marta maydonga tushdi.
Fikrlar