
Levandovski muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski “JCh-2022” saralashining 3-turidan o‘rin olgan Angliyaga qarshi o‘yinda Polsha terma jamoasiga yordam berolmaydi.
Gap shundaki, 32 yoshli futbolchi kecha Andorraga (3:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Shifokorlar uni taxminan 5-10 kundan so‘ng safga qaytishini aytmoqda. Shu sababli Polsha terma jamoasi murabbiylari Levandovskini muddatidan avval "Bavariya" ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
Angliya – Polsha uchrashuvi 31 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar