
Levandovski: "Men goleadorman"...
"Barselona" Robert Levandovskini o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Marosim klub ayni vaqtda mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazayotgan Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi.
"Men ko‘plab sovrinlar yutib, buyuk klub bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman. Maydonda qattiq mehnat qilaman. Keyingi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu erda bo‘lish men uchun baxt.
Men goleadorman. Tushunaman, mendan ko‘proq gol urishimni kutishadi. Shunday ham qilaman va jamoaga o‘z yordamimni ayamayman", - dedi polshalik forvard.
Fikrlar