
Levandovski jarohat oldi
"Barselona"ning La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan Robert Levandovski jarohat olgani ma’lum bo‘lmoqda.
Hujumchi Polshaning ushbu FIFA kunlarida Portugaliya va Shotlandiya bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydi. U 10 kunga safga chiqqan.
Levandovski mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U "Barsa" tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, o‘z hisobiga 2 ta assist ham yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar