Levandovski bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 9 noyabr, 2022, 12:03
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga (2:1) qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, polshalik forvard bir o‘yinga avtomatik diskvalifikatsiya qilinadi va undan tashqari, qo‘shimcha jazo sifatida yana bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

31-daqiqada hujumchi hakam Xesus Xil Mansanodan haqli ravishda ikkinchi sariq kartochka oldi. Maydonni tark etib, u bir necha bor qo‘llarini burniga tekkizib, hakamlarga murojaat qildi. Bunday imo-ishora talqinlaridan biri shundaki, "Barsa" forvardi hakam nimanidir hidlaganiga shama qilgan. 

Har holda Levandovskining harakatlariga alohida baho beriladi. U Ispaniya chempionati qayta tiklanganidan keyin bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish xavfi borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!