Levandovski “Barsa”dagi “maxsus” vazifasini oshkor qildi

  • 11 oktabr, 2024, 13:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” to‘purari Robert Levandovski kataloniyaliklar safida “maxsus” vazifasi borligini ma’lum qildi. 

Tecno

- Jamoamizda talantli o‘yinchilar juda ko‘p. Men ularning salohiyatini ochishga yordam berish asosiy vazifam, deb bilaman, - dedi 36 yoshli hujumchi. 

Polshalik forvardning yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, joriy mavsumda samaradorligi havas qilar darajada ekanini ta’kidlash lozim. 

Levandovski La Liga va Evropa Chempionlar ligasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va bir juft assist rasmiylashtirgan. Robert  “Barselona”ga 2022 yilning yozida 45 million evro evaziga transfer qilingan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!