Levandovski "Barsa"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

  • 8 noyabr, 2024, 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshalik markaziy hujumchi Robert Levandovski "Barselona" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 36 yoshli to‘purar kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. Qayd etish lozimki, Robert va "Barselona" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan. Futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.

Levandovski joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 14 ta gol (ikkitasi penaltidan) va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

"Barselona" o‘tgan 12 tur yakunlariga ko‘ra 33 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bu borada kuchli uchlikdan Madridning ikki grandi - "Real" va "Atletiko" joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!