Levandovski: "Barsa" chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni unutib qo‘ygan"

  • 25 dekabr, 2022, 15:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasi va "Barselona" klubi futbolchisi Robert Levandovski katalon jamoasining chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligi borasida fikr bildirdi. 

Tecno

"Biz chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni unutib qo‘yganmiz. Qanday harakat qilishni tushunmadik va muvaffaqiyatsizlikka duch keldik. 

Ammo "Barsa" La Ligada ajoyib odimlamoqda. Tarkib juda yosh, ular to‘plagan tajribasi keyingi mavsumga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 

- Klub psixologiyasi ustida ishlash kerakmi?

- Bu ruhiyatga bog‘liq jarayon emas. Muammo shundaki, biz g‘alaba qozonish mentalitetini rivojlantirishimiz kerak, faqat chempion bo‘lishni o‘ylashimiz kerak. Hammaning fikru hayoli mana shunda bo‘lishi kerak", - dedi polshalik hujumchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!