"Lester" ustozi koronavirusga chalinganini tan oldi

  • 29 may, 2020, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers va xotini Sharlott Sirl koronavirus bilan og‘rigan. Buni mutaxassisning o‘zi tan oldi.

Tecno

“Mavsum to‘xtatilgach, men va xotinim koronavirus yuqtirib oldik. Bir haftadan keyin ahvolim og‘irlashdi, men ta’m va hidni sezmay qoldim. Kuchim qolmagandi, arang yurayotgan edim. Xotinim ikkalamiz koronavirusga qarshi test topshirdik. Ularning ikkalasi ham musbat natija berdi”, - deydi Rojers.

“Lester” 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Premer-ligada esa mavsum 17 iyun kunidan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!