
"Lester" himoyachisi APL klubi bilan shartnoma imzoladi
Timoti Kastan faoliyatini "Fulxem"da davom ettiradi.
London klubi belgiyalik himoyachi transferini rasman e’lon qildi. Timoti yangi jamoasi bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. Futbolchi 21-raqam ostida to‘p tepadi.
"The Athletic" nashri bergan xabarga ko‘ra, "tulkilar" ushbu transferdan 15 million funt + bonuslar oladi.
O‘tgan mavsumda Kastan APL doirasida 37 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 3 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar