
Lempard: Xadson-Odoi men uchun "Chelsi"da eng muhim futbolchi bo‘ladi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard yangi mavsumda hujumchi Kallum Xadson-Odoiga ishonishini aytdi.
“Men Kallumni kuzatdim. Unda aqlbovarqilmas iste’dod bor. Biz hammamiz buni bilamiz. Barchamiz uning jamoada qolishini xohlaymiz. U biz uchun asosiy futbolchiga aylanadi va bu uning o‘zini ham qiziqtiradi deb o‘ylayman”, - deydi 41 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lempard Xadson-Odoi bilan gaplashgani va uni jamoada qolishga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar