"Legiya" qiyin o‘tgan bahsda g‘alabani ilib ketdi, Yaxshiboev esa...

  • 28 fevral, 2021, 02:26
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha Premer-Ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Gurnik" Zabje - "Legiya" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to‘p suruvchi "Legiya" klubi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Dastlab, 4-daqiqada mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, 45+2-daqiqada "Gurnik" a’zolari penaltidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Tengma-teng kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Kostoj gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va jamoasiga g‘alaba olib keldi. 

Shu tariqa, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan varshavaliklar o‘z ochkolari sonini 39 taga etkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi. "Gurnik"da esa ochkolar soni 27 ta bo‘lib, ayni damda turnir jadvalida 5-o‘rinni band qilib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!