
Legionerlarimiz. Bugun Masharipov jamoasi autsayderga qarshi o‘ynaydi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 7-tur o‘yinlari start oladi.
Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda turnir autsayderlaridan biri "Abxa" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:35da boshlanadi.
6-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 9 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda, 15-o‘rindagi "Abxa" hisobida esa 4 ochko mavjud.
Avvalroq, frantsiyalik mashhur murabbiy Rudi Garsiya "Al-Nassr" boshqaruviga kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar