
Legionerlarimiz asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Rubin" durang qayd etdi
Rossiya quyi ligasi 26-turi doirasidagi "Volgar" - "Rubin" o‘yini nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Har ikki legionerimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi. Ashurmatov 68-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Rahmonaliev 77 daqiqa harakatlandi.
Ushbu durangdan keyin qozonliklar 47 ochko bilan 2-o‘rinni mustahkamladi. 5-pog‘onadagi "Volgar" 39 ochko jamg‘argan.
Fikrlar