
Legionerlarimiz. Abbosbek Fayzullaev tur ramziy jamoasiga kiritildi
Rossiya Premer-ligasi 14-tur uchrashuvlari yakunlandi.
TsSKA safida harakat qilayotgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev "Match premer" talqiniga ko‘ra, turning ramziy jamoasiga kiritildi. Vakilimiz "Nijniy Novgorod"ga qarshi o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi va jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi oyda ham "armiyachilar"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi.
Fikrlar