
Legionerlar "Neftchi"ga g‘alaba keltirdi va yana qizil kartochka!
Xabaringiz bor, “Neftchi” Superliganing 16 turida Jizzahda "So‘g‘diyona" jamoasi bilan tur uchrashuvida maydonga chiqishi lozim edi. Biroq jizzaxliklar OFK Kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etayotgani bois, ushbu uchrashuv joriy yilning 13 sentyabriga qoldirilgan bo‘lib, jamoamiz shu fursatdan foydalangan holda Quvasoy shahrining "Tsementchi" FK bilan nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi.
Xujumlarga boy bo‘lgan bellashuvda “Neftchi” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 25-daqiqasida burchak to‘pidan etkazilgan to‘pni himoyachimiz Darko Stanoevich boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi, ikkinchi bo‘limda esa qator o‘zgarishlar amalga oshirdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida jarima to‘pi tepish xuquqiga ega bo‘lgan jamoamiz jarima to‘pidan chiroyli tarzda foydalandi. Aleksey Laringa etkazilgan to‘pni chiroyli zarba bilan darvozaga joyladi. Shundan so‘ng Abbos G‘ulomov raqibga qarshi qo‘pol o‘ynagani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan "siylandi". Uchrashuvning 86-daqiqasiga kelib, quvasoylik futbolchilar jamoamiz hatosidan unumli foydalanib darvozamizga yo‘l topa oldi hisob 2:1. Qolgan daqiqalarda darvozaga gol kiritilmadi va uchrashuv shu hisob bilan yakunlandi.
“Neftchi”: Akbar To‘raev (Evgeniy Konyuxov, 46), Darko Stanoevich (Aleksey Larin, 60), Andrey Mishenko (Salamat Qutitiboev, 73), Nodirhon Ne’matxonov, Lutfulla To‘raev (Abdulloh Olimov, 60), Fozil Musaev (Doniyor Madaminov, 85), Abror Ismoilov (Sunnatillo Abdullajonov, 73), Mirzohid G‘ofurov (Doniyor Valiev,65), Umar Adhamzoda (Muhsin Ubaydullaev,70), Shahzod Ubaydullaev (Abbos G‘ulomov, 65), Ulug‘bek Hoshimov (Izzat Abdullaev, 65).
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar