
Legionerimiz transferi eng zo‘rlaridan biri bo‘ldi. Endi u jamoasini chempion qilishi kerak!
Qozog‘iston chempionati o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga begona emas. Bu mamlakat klublarida anchadan beri o‘zbek futbolchilari to‘p tepib keladi.
Yangi mavsum oldidan ham qozoq klublari orasida o‘zbekistonlik charm to‘p ustalarini o‘z safiga qo‘shib olganlari va ko‘rikdan o‘tkazayotgani bor.
Nufuzli manbalardan biri – Sports.kz portali mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilgan beshta eng muhim transferni aniqladi. Ushbu reyting ilgari Qozog‘istonda futbol o‘ynamagan va mamlakatga yangi kelgan futbolchilar transferlari asosida tuzildi.
5-o‘rin: Aleksey Shebetun (“Qiziljar”)
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 500 ming evro.
Aleksey Kievning “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qiziljar” bilan bir yillik shartnoma tuzgan 27 yoshli markaziy hujumchi oxirgi jamoasi – “Shaulyay” (Litva) safida 60 ta uchrashuvda 20 ta gol va 7 ta assist qad etgan.
4-o‘rin: Usmon Kamara (“Astana”)
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 450 ming evro.
“Astana” 25 yoshli futbolchi bilan ikki yillik bitim tuzdi. Gvineyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Gruziyaning “Dinamo Tbilisi” jamoasida 35 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu futbolchi o‘tgan yili Evropa Chempionlar ligasi saralash turnirida “Astana” darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
3-o‘rin: Ahmad Al-Messaudi (“Tobol”)
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 500 ming evro.
“Tobol” 28 yoshli tayanch yarim himoyachisini bir mavsum o‘ynatib ko‘radi. Belgiyada tug‘ilgan va ushbu mamlakat yoshlar terma jamoasida o‘ynagan Ahmad Al-Messaudi keyinchalik tarixiy vatani Marokash milliy terma jamoasini tanladi. Bu futbolchi Niderlandiya, Belgiya va Turkiya chempionatlarida qatnashgan.
2-o‘rin: Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”)
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 800 ming evro.
Yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilayotgan “Qayrat” o‘zbek futbolchisini Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Nijniy Novgorod”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.
Rossiya klubida chap qanot himoyachisi jami 63 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va beshta assist qayl etgan. Yo‘ldoshev o‘zini tarbiyalagan “Paxtakor” safida O‘zbekiston chempioni va mamlakat Superkubogi sohibi bo‘lgan. 22 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.
1-o‘rin: Radoslav Tsonev (“Tobol”)
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 900 ming evro.
“Tobol” 28 yoshli markaziya yarim himoyachi bilan ikki yil hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bolgariyalik futbolchi o‘z vatanidan tashqari Italiya chempionatida “Lechche”, “Vitebreze” hamda “Monopoli” kabi jamoalarda to‘p tepgan. Tsonev Bolgariya terma jamoasi safida uchta uchrashuvda ishtirok etgan.
O‘zbekistonning ilk goli “kengurular”ga qanday ta’sir qildi?
O‘zbekistonning g‘alabasi Evropada qanday baholandi?
Fikrlar