
Legionerimiz: Luis Suares va Edinson Kavaniga qarshi o‘ynaganmiz!
Belarus chempionatida ajoyib o‘yin namoyish etayotgan Bobur Abduxoliqov ko‘plab xorijlik mutaxassislar va muxlislar nazariga tushdi. “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Bularus oliy ligasida oltita uchrashuvda sakkizta gol va uchta assist bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari va eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Legioner sifatida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Bobur Abduxoliqov bilan yaqindan tanishish maqsadida Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.football.by sayti eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.
- “Rux”dan ketishing kerakligini tushunib etdingmi?
- Vaqt yo‘qotishni istamadim. Murabbiy imkon bermasligini ko‘rib turgandim.
- Bu mavsum samaradorliging o‘tgan yildagidan yaxshi bo‘layotganining sababi nima?
- Chunki Ukrainada yarim yil o‘ynamadim. Minskga kelganimda jisomnan tayyor emasdim. Jamoa bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini to‘liq o‘tamagandim. Bir necha yil oldin O‘zbekistonda ham shunday bo‘lgandi.2018 yili yuqori ligada 13 ta gol bilan to‘purarlar orasida to‘rtinchi bo‘lganman. 2020 yili yanada yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etib, 17 ta gol va snayperlar bahsida ikkinchi o‘rin. Shu ikki mavsum orasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Chunki tayyor emasdim. Jarohat tufayli “Nasaf” yig‘inida to‘liq qatnashmadim, uch oy o‘ynamadim va atigi uchta to‘p kiritgandim. Keyin mavsumoldi yig‘inida zo‘r mehnat qildim va samaradorlik qaytdi. Yig‘inlarsiz ancha qiyin bo‘ladi.
- “Energetik-BGU”dagi yuklamalardan hammasini tashlab ketish istagi paydo bo‘lmadimi?
- Futbolni yaxshi ko‘raman. Shunga tashlab ketish niyatim yo‘q. Qiyin bo‘ldi. Ayniqsa qishda. Mavsumlar oralig‘ida yuklamalar juda yuqori beriladi. Kuniga ikki mahaldan shug‘ullandik. Chidash va ishlash kerak. Ota-onam “Faqat shunday bo‘lish kerak. Agar futbol kasbing ekan, boshqa yo‘li yo‘q”, deyishadi. Otam “Imkoning bo‘lsa, mashg‘ulotlardan keyin qolib o‘z ustingda ishla. Shunisi yaxshi. Sen hujumchisan va darvozaga ko‘p zarba berishing kerak”, deydi.
-“Torpedo-BelAZ” bilan o‘yinda burchakdan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga kiritding. Bu sening uslubing emas-ku.
- Nega endi? O‘zbekistonda bunaqa golarni ko‘p urganman. “Nasaf” safida Osiyo chempionlar ligasida ikki marta shunday bo‘lgan. Tabiiyki, men bu borada imkoniyati ko‘proq hisoblangan bo‘yicha baland o‘yinchi emasman. Bu vaziyatda to‘p qaerga etib kelishini oldinda his qilish kerak. Raqib jarima maydonchasida pozitsiya tanlashni bilish shart.
- Ilgari ham maydon markazidan to‘p kiritganmisan?
- Yo‘q. Bunaqasi birinchi bor yuz berdi.
- Yaqinroq borib zarba bersang bo‘lmasmidi?
- O‘ng tomondan raqib o‘yinchisi kelayotganini ko‘rdim. Yana bir-ikki harakat qilganimda meni yopardi. Taktik fol qilardi va hammasi tugardi. Shunga darrov tepni darvoza tomon tepishga qaror qildi. To‘pni o‘ng oyog‘imga to‘g‘rilab oldim va zarba berdim.
- “Energetik”da penaltichi bo‘lib olding. O‘zbekistonda ham shunday bo‘lganmi?
- Ha. 2020 yili ikki marta penalti tepib, gol ura olmaganman. To‘p to‘sin va ustunga tekkan.
- Keyin nuqtaga yaqinlashmay qo‘ydingmi?
- Yo‘q. Shundan keyin foydamizga penalti bo‘lmadi. Bo‘lgandayam yigitlar menga berardi. Chunki o‘shanda to‘purardan bir necha golga ortda qolayotgan edim. Etvolish istagi kuchli edi.
- “Energetik”dagi o‘zbek futbolchilari haqida gapirib ber.
Abdulqodir Husanov bilan shu erda – o‘tgan yili yozda Minskka kelganimda tanishdik. O‘shanda mashg‘ulotlarda bu yigit Belarus chempionatining eng yaxshi himoyachisi bo‘lishini bilgandim. Balki O‘zbekistonning eng zo‘r himoyachisi bo‘lar. Yaqinda 18 yoshga to‘ldi va kelajagi porloq bo‘lishi mumkin. Olimpiya terma jamoasiga bejizga chaqirishmayotgan bo‘lsa kerak.
- Shohruhbek Abdurahmonovchi?
- Men uni Belarusga kelishidan oldin tanirdim. Lekin hozirgidek yaqindan bilmasdim. O‘zbekistonda bir-birimizga qarshi o‘ynaganmiz. Mehnatkash, raqobatbardosh o‘yinchi. Tayanch zonasida o‘ynaydi. Ko‘p qrora ishlarni qiladi. Yuguradi, to‘pni olib qo‘yadi va hokazo. Abbosbek Jumaqulov ham bor. Hozircha o‘rinbosalarda o‘ynayapti. Yaqinda asosiy tarkibga ham yordam beradi. Hujumkor futbolchi. To‘pni yaxshi nazorat qiladi va zo‘r pas berishni biladi.
- Sen Jasurbek Yaxshiboevni yaxshi taniysan. U “Energetik” to‘purari edi...
- U bilan o‘smirlar terma jamoasida tanishganman. 2016 yili birga o‘ynaganmiz. Ikki yildan keyin olimpiya terma jamoasida Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdik. Keyin milliy terma jamoada ham bir paytda debyut qildik. Safarda Urugvay bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida zaxiradan o‘yinga qo‘shildik. Raqib safida maydon markazida Bentankur o‘ynardi. Hujumda Luis Suares va Edinson Kavani. Himoyada Kaseres, Godin, Ximenes va Pereyra. Darvozada Muslera turgan.
-Bu sen qarshi o‘ynagan eng mashhur futbolchilarmi?
- Ha. Shuningdek, “Tottenxem”dagi Son Xyon Min bor. 2018 yili Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida to‘qnash kelganmiz.
Davomi bor...
Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!
“Roma” ham, Mourino ham yoqmadi!
Ikki daqiqa o‘ynagan Shomurodov zo‘r baho oldi!
Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!
Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!
“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!
Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!
Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi
Fikrlar