
Legionerimiz klubini o‘zgartirdi. Endi u boshqa mamlakatda to‘p suradi
Qirg‘iziston chempionatida bir qator legionerlarimiz to‘p surishidan xabaringiz bor. Yozda mamlakatning eng sovrindor klubi – “Dordoy” safiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Timur Tolipovning u erdagi faoliyati nihoyasiga etdi. Futbolchimizning shartnomasi shu yilning oxirigacha edi. Biroq Tolipov bitimi tugashini ham kutib turmadi va o‘zaro kelishgan holda “Dordoy”ni tark etdi. Ma’lum bo‘liishcha, Tolipov keyingi faoliyatini Bangladesh chempionatida “Shayx Russel” jamoasida davom ettiradi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Timur “Dordoy” tarkibida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tolipov faoliyati davomida “Paxtakor”, “NBU-Osiyo”, “Navbahor”, “Obod” kabi klublarda to‘p surgan. Oxirgi yillarni asosan Qirg‘iziston chempionatida o‘tkazib keldi va “Alay”, “Kaganat”, “Batkent”, “Dordoy” singari jamoalar safida o‘ynadi.
Fikrlar