Legionerimiz jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi!

  • 14 oktabr, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus oliy ligasida chempionlik uchun kurash qizg‘in pallaga kirdi. 25-tur uchrashuvidan keyin peshqadam o‘zgardi.

Tecno

Mazkur tur oldidan birinchi o‘rinda yuborayotgan “Dinamo-Minsk” jamoasi muhim palla ochko yo‘qotdi. Poytaxtlik “dinamochilar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Torpedo-BelAZ”ni enga olmadi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi va “Dinamo-Minsk” bir ochko bilan kifoyalanib, umumiy jamg‘armasi 48 ochkoga etdi.

“Dinamo-Minsk”ning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblari 25-turni g‘alaba bilan yakunlandi. Amaldagi chempion “Shaxtyor-Soligorsk”  futbolchilari “Vitebsk” maydonidan 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Nihoyat, soligoskliklar 49 ochko bilan birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ketma-ket ikkita bahsda ochko yo‘qotgan “Energetik-BGU” o‘ta qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Poytaxtlik “talabalar” Mozirda “Slaviya” jamoasi mehmoni bo‘lib, Bobur Abduxoliqovning birinchi bo‘lim oxirida urgan yagona goli evaziga yana chempionlik kurashiga qaytdi.

20220520113206

O‘zbek hujumchisi bu gal pozitsiya tanlash mahoratini namoyish qildi va jamoadoshining aniq to‘p uzatishidan keyin raqib darvozaboni bilan yuzma-yuz qolib, qulay vaziyatda unumli foydalanib qoldi.  

Mazkur g‘alabadan so‘ng, “Energetik-BGU” soligorskliklardan bir ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Bobur Abduxoliqovning uchta uchrashuvda davom etgan quruq seriyasi nihoyat barham topdi. Hamyurtimiz joriy mavsumda ilk bor ketma-ket uchta bahsda gol urolmadi. O‘sha o‘yinlarda jamoasi bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

Umuman olganda, “Energetik-BGU” joriy mavsumda 14 ta g‘alaba qayd etgan bo‘lsa, shulardan 13 tasida Abduxoliqov raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgani ahamiyatli. Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchimizning gollari ikkita bahsda jamoasiga durang keltirgan.

Bobur Abduxoliqovning oliy liga urgan gollari soni 21 taga etdi va hamyurtimiz to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi – “Minsk” vakili Vladimir Xvashinskiy hisobida 13 ta aniq zarba bor.

Bundan tashqari, “Nasaf” tarbiyalanuvchisi oltita golli pas uzatgan. Gol+pas tizimida 27 ball to‘plagan Bobur  chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

20220714210046

“Energetik-BGU” chempionatning keyingi turida “Belshina” jamoasini qabul qiladi. Bu bahs 21 oktyabr kuni bo‘ladi.

Belarus chempionatining bu mavsumi 19 noyabr kuni yakunlanadi.

Bobur Abduxoliqovning “Energetik-BGU” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabrida yakuniga etadi. Hamyurtimiz qishki transferlar oynasi davrida kuchliroq ligalardan biriga o‘tishi kutilmoqda.

Shomurodov Xoland bilan birga!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!