Legionerimiz bugungi tarixiy uchrashuvda gol urishi kerak!

  • 17 aprel, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati oliy ligasining beshinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Ushbu ligada to‘p tepayotgan ikki legionerimiz –  Shahzod Ubaydullaev va Shahboz Umarov jamoalari joriy mavsumda oltin medal va Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Tecno

Amaldagi chempion – “Shaxtyor” bu yilgi musobaqada ochko yo‘qotmagan yagona jamoa hisoblanadi. O‘tgan mavsumda jamoa etakchisi bo‘lgan Jasur Yaxshiboevning o‘rniga Shahzod Ubaydullaevni olib kelgan klub futbolchilari ketma-ket to‘rtta uchrashuvda zafar quchdi.

Bu gal soligorskliklar o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri “Slaviya”ni qabul qiladi. Mozirliklar shu kunga qadar bir ochko to‘plagan xolos.

Umuman olganda, ushbu ikki jamoaning o‘zaro raqobati mustaqil chempionatning dastlabki yillaridan boshlagan. Boshida ustunlik “Slaviya” jamoasi tomonida bo‘lgan. Keyingi paytda esa “Shaxtyor” raqibdan har tomonlama ustunligini namoyish qilib kelyapti. 40 ta uchrashuvdan 18 tasida “Shaxtyor”, 12 tasida “Slaviya” g‘alaba qozongan va 10 ta bahsda g‘olib aniqlanmagan.

“Slaviya” o‘tgan mavsumda ikkinchi davra o‘yinida soligorskliklarni engib, o‘zining o‘n yil davom etgan o‘zaro uchrashuvilardagi g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi.

“Shaxtyor”ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashayotgan Shahzod Ubaydullaev joriy mavsumda jami uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Bugungi o‘yin legionerimiz o‘zini ko‘rsatishi uchun juda yaxshi imkoniyat.

img_SaZttK_600

“Shaxtyor” – “Slaviya” bahsi Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Shahboz Umarov uchun BATE va “Energetik-BGU” o‘rtasidagi to‘qnashuv printsipial ahamiyat kasb etadi. Chunki, hamyurtimiz o‘tgan yili “Energetik-BGU” etakchisi bo‘lgan va jamoa tarkibida barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan yagona futbolchi sifatida qayd etilgan edi.

Bundan tashqari, minslik “talabalar” o‘tgan chempionatda BATEni har ikki davrada mag‘lub etdi va bu oxir-oqibat borisovliklarning oltin medaldan quruq qolishiga sabab bo‘ldi. 2020 yilda Minsk shahrida o‘tgan birinchi tur uchrashuvida Jasur Yaxshiboev bir juft gol urib, “Energetik-BGU”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.

Ikkinchi davrada Borisov shahridagi bahsda Shahboz Umarov uzoq masofadan jarima zarbasini golga aylantirib, kuchli raqibni tiz cho‘ktirdi. Bu supergol videosi uzoq muddat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aylantirildi. Aynan mana shu zarbadan so‘ng, BATE o‘zbek futbolchisini o‘zi tarkibiga qo‘shib olishga qaror qildi.

000028_1617456115_435609_big

Mana endi Shahboz Umarov o‘zi gol urgan BATE safida sobiq jamoasini imtihondan o‘tkazadi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasiga ko‘ra, katta ustunlik BATE tomonida. Borisovliklar 16 ta uchrashuvdan 12 tasini zafar quchgan, bir bor durang o‘ynagan va uch marta mag‘lub bo‘lgan. Shu mag‘lubiyatlardan ikkitasi o‘zbek futbolchilari – Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarovning aniq zarbalaridan so‘ng qabul qilingan.

Shahboz Umarovning yangi jamoada ishlari yurishib ketgani quvonarli. Hamyurtimiz BATE uchun uchta supergol urdi va chempionat to‘purarlari poygasida etakchilar qatorida bormoqda. Uning uchta golidan ikkitasi turning eng chiroyli gollari tanlovida birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Umarovning o‘zi uchinchi turning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Uning bu yutuqlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovni befarq qoldirmadi. Bosh jamoamiz ustozi o‘tgan turda Belarusga borib, Umarovning o‘yinini bevosita kuzatib keldi.

20210411144809

Umuman olganda, BATE to‘rtta turda ikkitadan g‘alaba va durang qayd etdi va yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Bugungi uchrashuv Umarov uchun muhim va legionerimiz yana o‘zini ko‘rsatishiga ishonamiz.

BATE – “Energetik-BGU” o‘yini Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Abramov legionerimiz o‘yiniga otlangan edi, ammo...

Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Evropaga bordi! (foto)

Diqqat: Umarovdan zo‘ri yo‘q!

Murabbiy Evropaga ketmoqchi bo‘layotgan Umarovning xarakterini “sindirmoqchi”!

"Ko‘p gol ursam, Abramov termaga chaqiradi!"

To‘purar legionerni terma jamoaga chaqirsak bo‘lmaydimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!