Laporta “Barsa”ga keladigan yulduzlar nomini aytdi

  • 10 mart, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” boshqaruvini qabul qilib olgan Joan Laporta muxlislar ishonchini qozonish uchun klubga yulduz darajasidagi bir necha futbolchilarni olib kelishini ma’lum qildi. Bu borada klub rahbariyati asosan yozda erkin agentga aylanadigan mashhur futbolchilarni nishonga olmoqda.

Tecno

Joan Laporta rejalariga “Manchester Siti” bilan kelishuvi yakunlanayotgan Serxio Aguero va “Bavariya”da so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan David Alabani olib kelish ham kiritilgan.

Xususan, Alabaning agenti Pini Zaxavi yaqinda Kataloniyaga kelib, uning mijozi “Real” bilan hali rasmiy shartnoma imzolamaganini va “Barselona” bilan muzokaraga tayyorligini bildirgan.

Serxio Agueroning kelishi esa Laportaga tarkibda Lionel Messini olib qolish imkonini beradi. Har ikki futbolchi qalin do‘st va Argentina terma jamoasi sharafini birgalikda munosib himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!