
Laporta: "Barcha musobaqalarda chempionlik uchun kurashamiz"
"Barselona" prezidenti lavozimini egallab turgan Joan Laporta jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Biz o‘yinchilarimizdan juda mamnunmiz va Flik bajarayotgan ajoyib ish uchun undan minnatdormiz. Barcha musobaqalarda g‘oliblikka da’vogar ekanligimizga ishonamiz, - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Barselona" Ispaniya chempionatini, mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Biroq klub Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, "ko‘k-anorranglilar" so‘nggi o‘n yil davomida Evropaning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kirita olmayapti.
Fikrlar