
La Ligada oktyabr oyining eng yaxshi murabiyi e’lon qilindi
Xans-Diter Flik oktyabr oyida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Barselona" bosh murabbiyi Karlo Ancheltti va Imanol Alguasilni ortda qoldirib, ovoz berish natijasiga ko‘ra ustun keldi. Flik mavsumdagi ikkinchi marta mazkur mukofotni qo‘lga kiritdi. Avvalroq, u avgust oyida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Oktyabr oyida Flik boshchiligidagi "Barselona" La Liganing 3 o‘yinida 3 ta g‘alaba qozondi: "Alaves," "Sevilya" va "Real Madrid". To‘plar nisbati 12:1. Kataloniyaliklar chempionatda "Real"dan 6 ochko farqi bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar