
La Liga: "Real" va "Barsa" so‘nggi 4 ta uchrashuvni kimlarga qarshi o‘tkazadi?
Ispaniya La Ligasining ortda qolgan 34 ta tur yakuniga ko‘ra, “Real” ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona”dan 4 ochko ko‘p jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.
Hozirda har ikkala jamoa muxlislari ham chempionlik poygasini qizg‘in kuzatib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, “Real” va “Barselona”ning mavsum yakunigacha qaysi jamoalarga qarshi o‘yinlari qolgani haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
“Real”: "Alaves" (11 iyun), "Granada" (14 iyun), "Vilyarreal" (15 iyun) va "Leganes" (19 iyun)
“Barselona”: "Espanol" (9 iyun), "Valyadolid" (11 iyun), "Osasuna" (15 iyun) va "Alves" (15 iyun).
Fikrlar