
La Liga. "Barselona" safarda "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub qildi
La Liganing 29-turida "Barselona" "Atletiko" maydoniga safar qilib, 0:3 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisobni Felish ochgan bo‘lsa, Levandovski farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Fermin esa uchrashuvga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. "Atletiko" esa 5-pog‘onaga tushib ketdi.
"Atletiko" 0:3 "Barselona"
Fikrlar