
La Liga. "Atletiko" safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liga 27-turidan o‘rin olgan "Real Betis" - "Atletiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Matraschilar" safida gollarga Felish (2 va 61-daqiqa) va Lemar (60-daqiqa) mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli Telo (45+5) hisobiga qayd etildi.
Mazkur natijadan so‘ng "Atletiko" ochkolari sonini 48 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 4-pog‘onadan joy olgan.
"Real Betis" hisobida 46 ochko bor bo‘lib, klub 5-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar