
Kutmanglar, bu futbolchini sotmaymiz...
“Nyukasl”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Aleksander Isaak Evropaning bir necha grand klublari nishonida turibdi.
Joriy mavsumda “qarg‘alar” safida 39 ta uchrashuvda 26 ta gol va oltita assist qayd etganidan keyin shvetsiyalik hujumchining xaridorlari ko‘payib ketdi.
Xususan, Angliya Premer-ligasining yangi chempioni “Liverpul” va ikkinchi o‘rinni egallashga yaqin turgan “ARsenal” yozda 25 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shunga qaramay, “Nyukasl” rahbariyati jamoa o‘yiniga ta’siri katta bo‘lgan va natija ko‘rsatib kelayotgan yulduzi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qildi.
Klub xo‘jayini Yosir Ar-Rumayyon mutasaddilariga Isaak bo‘yicha hech bir taklifni qabul qilmaslikni buyurdi. “Nyukasl” joriy mavsum tugashi bilan o‘yinchining agentlarini muzokaraga taklif qiladi va yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv bo‘ladi.
Fikrlar