
Kutilmagan burilish. Xoland supershartnoma talab qilyapti
Grand klublarga o‘tishi kutilayotgan norvegiyalik hujumchi Erling Xoland agenti Mino Rayola boshchiligida “Borussiya” bilan besh yillik yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Bundan avvalroq, dortmundliklar yozda Jeydon Sanchoni sotib, Xolandni olib qolishga qaror qilgandi.
Erling Xoland “Borussiya”dan haftasiga 350 ming evro maosh va besh yillik shartnoma talab qilyapti. Agar klub futbolchining talabini qondirishga qaror qilsa, bu dortmundliklarga 90 million evroga tushadi.
Ayni paytda 20 yoshli to‘purarga Evropaning qator grandlari, xususan, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Real”, “Barselona” ko‘z tikmoqda. Biroq, Xolandning maosh borasidagi talabi transferga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Xoland joriy mavsumda “Borussiya” tarkibida 26 ta uchrashuvda 29 ta gol urib, ettita golli pas oshirdi.
Fikrlar