
Kutilgan yulduz Rimga etib keldi. Uni "Roma" muxlislari kutib oldi (video)
Serbiyalik yarim himoyachi Nemanya Matich hozirgina Rim shahriga etib keldi. Uni Italiya poytaxtida ko‘plab muxlislar kutib oldi.
Hozirda Matich tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Villa Stuart klinikasiga yo‘l olgan. Aynan muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan so‘ng, Nemanya "Roma" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Matichning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlangan va u ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar