Kurtua "Real"da qanday rekord o‘rnatdi? Xatto Navas ham buni uddalay olmagandi

  • 10 noyabr, 2019, 14:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘z ismini jamoa tarixiga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik posbon quruq seriyalar bo‘yicha “qirollik klubi” rekordini o‘rnatdi. Aniqrog‘i, u "Real" safida 533 daqiqadan buyon gol o‘tkazmay kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu boradagi avvalgi rekord Keylor Navasga (517 daqiqa) tegishli edi.

Ma’lumot uchun, Kurtua “Real” safiga 2018 yilning yozida “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 60 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!