
Kurtua La Ligada ikkinchi bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 17-turida “Real” safarda “Valensiya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, “qirollik klubi” darvozaboni Tibo Kurtua so‘nggi daqiqalarda raqib jarima maydoniga keldi va baland sakraib darvoza tomon aniq zarba yo‘lladi. To‘pni “Valensiya” darvozaboni qaytardi va u "qirollik klubi" hujumchisi Karim Benzemaga tushdi va u hisobni tenglashtirdi.
Ta’kidlash kerakki Kurtua shu tariqa joriy mavsum La Ligada raqib darvozasi tomon 2 ta aniq zarba bergan 2-darvozabon bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Leganes” darvozaboni Xuan Soriano “Levante”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasi tomon 2 ta zarba bergan edi.
Fikrlar