
Kuman uchta super transferni talab qildi
“Barselona” bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilgan Ronald Kuman yangi jamoani shakllantirishda o‘ziga birinchi navbatda kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Avval xabar berilganidek, dastlabki transfer “Ayaks” etakchisi Donni van de Bek bo‘lishi kerak. Niderlandiyalik mutaxassis yana bir hamyurti – “Lion” liderlaridan biri Memfis Depayni olishni talab qilmoqda. Uchinchisi esa, biroz kutilmagan variant. Kuman “Everton”da o‘ynayotgan angliyalik himoyachi Maykl Kinni ham Kataloniyaga ko‘chirib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Depay hujum chizig‘ida Luis Suaresni, van de Bek Ivan Rakitichni o‘rnini egallaydi.
Transfer summasi 30 million funtga baholanayotgan Maykl Kin Angliyadan taklif olgan Pikega o‘rinbosar sifatida olib kelinadi.
Fikrlar