Kuman "Barselona"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

  • 29 may, 2019, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Barselona”ni boshqarishi mumkinligi borasida berilgan savolga javob qaytardi.

Tecno

“Bu xabarni inkor etish oson, lekin men bunday qilmayman. Umuman olganda esa hozir biz Gollandiya terma jamoasi ishtirokidagi matbuot anjumanida o‘tiribmiz va shunday bo‘lib qolsin”, - deydi Kuman.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar rahbariyati tez orada Ernesto Valverde o‘z lavozimidan ozod etmoqchi. Uning o‘rniga esa Kumandan tashqari shuningdek Unai Emeri, Roberto Martines va Massimiliano Allegri kabi mutaxassislar nomzodi mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!