Kulibali yozda "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

  • 1 mart, 2021, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli”ning markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Evropa grandlaridan birida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli senegallik futbolchiga “Bavariya” jiddiy qiziqib qolgan. Germaniya chempioni Kulibali uchun 45 million evro to‘lashga tayyor.

Bundan avvalroq, “Napoli” agar EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Kulibali jamoadan ketishi haqida  xabarlar tarqalgan edi.

Kalidu Kulibali joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta sariq hamda 1 ta qizil kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!