
Kroosning "Real"dagi taqdiriga oydinlik kiritildi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi insayderga ko‘ra, "Qirollik klubi" 31 yoshli nemis futbolchisi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar bo‘lgan muddatga yangi shartnoma imzolashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023ning yarmiga yilga qadar imzolangan.
Fikrlar