Kroos yana "Bavariya"ga qaytishi mumkin

  • 19 may, 2019, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yana "Bavariya"ga qaytishi mumkin.

Tecno

Readfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli germaniyalik futbolchi o‘zining “qirollik klubi”dagi ahamiyati tushib ketganini sezmoqda va shu sababli jamoasini o‘zgartirmoqchi. Unga esa myunxenliklar asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilishmoqda.

Qayd etish lozimki, “Bavariya” Kroos uchun begona emas. U 2007-2014 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Ayni damda Kroosning transferi 80 mln evroga baholanmoqda. Ta’kidlash kerakki, “Real” uni 2014 yil “Bavariya”dan 25 mln evroga sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Toni Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 43ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!