
Kroos "Real"dan ketmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarni inkor etdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yozda jamoadan ketmoqchiligi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.
“Butunlay yolg‘on xabar”, - deb yozadi germaniyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Ma’lumot uchun, Kroos “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 228ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 59ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi esa 80 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar