Kristian Eriksen birdaniga ikkita taklif oldi

  • 19 dekabr, 2021, 16:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabarlarga ko‘ra, «Inter» sobiq yarim himoyachisi Kristian Eriksen Daniya chempionati klublaridan bir nechta takliflar olgan. Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tgan Evro 2020 musobaqasi vaqtida futbolchining yuragi to‘xtab qolgan, shundan so‘ng uning ko‘kragiga kardioverter-defibrilator moslamasi o‘rnatilgan edi.

 

Italiya A seriyasida bunday qurilma bilan o‘ynash taqiqlangan, shuning uchun klub daniyalik bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

 

Manbaga ko‘ra, Daniyaning ikki klubi - «Kopengagen» va «Odense» Kristianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq ikkalasi ham 29 yoshli yarim himoyachidan rad javobini olgan

Eriksen hozirda APLga qaytish yoki «Ayaks» safida o‘ynash haqida o‘ylayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!