“Kristal Pelas“ “Manchester Siti“ga qarshi o‘yinda “qora an’ana“ga chek qo‘ydi

  • 15 mart, 2022, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kristal Pelas“ jamoasi APL doirasida bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti“ga qarshi bahsda 1 ochko egasiga aylandi. Jamoalar kecha 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Mazkur natijadan so‘ng Patrik Vieyra shogirdlari chempionat doirasidagi ikki bahsda ham “shaharliklar“ga mag‘lub bo‘lmadi. Bu holat 1995 yildan beri ilk marta sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Manchesterda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “burgutlar“ 2:0 hisobida zafar quchgan edi. Bu paytda Gvardiola shogirdlari 8 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!