
Krishtianu Ronaldu: “Ishqibozlar haqiqatni bilishi shart!”
“Manchester Yunayted” jamoasi futbolchisi – Krishtianu Ronalduning tongda taniqli jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusi katta shov-shuvga sabab bo‘lgani rost. Tez orada to‘liq formatda e’lon qilinishi kutilayotgan suhbatning ayrim qismlari oshkor qilindi. Xo‘sh, deyarli 1 soat davom etgan intervyuda nimalar haqida so‘z boradi? Biz, uning kichik bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.
“Meni (“Manchester Yunayted” nazarda tutilmoqda) klubdan atayin chetlashiga urinishdi. Faqat murabbiygina emas, boshqa insonlarni ham bu ishda qo‘li bor. Sezib turibman, ayrim insonlar meni bu erda nafaqat hozir, balki o‘tgan yilgi mavsumda ham bo‘lishimni istamagan!”
Ralf Rangnik haqida: “Murabbiy bo‘lmasdan turib, qanday qilib “Manchester Yunayted”da ishlash mumkin? To‘g‘risi, u haqida oldin hech narsa eshitmagan edim.”
Runi haqida: “Ueyn Runi meni keskin tanqid qilishini sababini bilmayman. Bunga, u nafaqaga chiqqan paytida ham yuqori saviyada futbol o‘ynayotganim sabab bo‘lsa kerak”
Ten Hag haqida: “Ten Hagni hurmat qilmayman. Bunga u ham meni hurmat qilmasligi asosiy sabab. Toki meni hurmat qilmas ekan, uni ham hech qachon hurmat qilmasligim aniq.”
Ser Aleks Fergyuson haqida: “Ser Aleks jamoa noto‘g‘ri yo‘lda ekanligini hammadan yaxshi biladi. Kerakli hammasini biladi, ammo buni ko‘rmaydiganlar… Ularni ko‘zi ko‘r.”
“U klub to‘g‘ri yo‘lda emasligini hammadan yaxshi biladi. Barchasini biladi. Lekin buni ko‘rmaydiganlar... shunchaku bu istashmaydi. Chunki ular ko‘rdirlar."
Intervyudan parchalar: «O‘tgan yozda «Manchester Siti»ga o‘tishim mumkin edi. Lekin men qalbimga ergashdim. Ser Aleks Fergyuson menga: «Siti»ga bora olmaysan, buning iloji yo‘q», - dedi. Men esa: “tushundim, Boss”, - deb javob berdim.
To‘g‘risi, jamoada hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rib hayratlandim. Hech narsa yangilanmagan. Basseyn, Jakuzi, trenajyor zallari ham bundan 10 yil avvalgi xolatda. Ser Aleksdan so‘ng, hech kim bu detallarga e’tibor ham qaratmagan. Klubda rivojlanish yo‘q.
Ishqibozlar haqiqatni bilishi shart. Men shunday deb hisoblayman. Klubga befarq bo‘lmaganim uchun ham shu erdaman. Afsuski, jamoa ichidagi ayrim insonlar “Siti”, “Liverpul”, “Arsenal” singari kuchli darajaga ko‘tarilishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Bu darajadagi klub doimo eng zo‘ri bo‘lishi kerak. Afsuski, bu haqiqatdan yiroq.
Pikasso aytganidek, qayta tiklashdan avval, hammasini vayron qilish shart. Agar ular ishni mendan boshlamoqchi bo‘lsa, bunga tayyorman. Jamoamni, uni muxlislarini yaxshi ko‘raman. Umid qilamanki, ular men tomonda. Agar unday bo‘lib chiqmasa, klubda ko‘p narsani o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Ishqibozlarning men uchun qadri baland. Shu sabab ham bu intervyuni berishga qaror qildim. Hozir hammasini aytib, barchaning ko‘zlarini ochish kerak. Hozir ayni vaqti!”
Fikrlar