
Kovington o‘zi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi!
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni unvoniga sobiq davogar Kolbi Kovington(16-4) shu vazn toifasidagi jangchi Shavkat Rahmonov(18-0) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Menga na Rahmonov bilan, na boshqasi bilan jang o‘tkazishni taklif qilishgan. Shuningdek, o‘zim xan 100 % tuzalmagunimgacha, jang qilish haqida o‘ylay olmayman. Ayni paytda, taxminan, 60% sog‘lomman. UFC mening ahvolimdan xabardor bo‘la turib qanday qilib menga jang taklif qilishi mumkin? Shu bois xam, yo‘q, menga hech qanday jang taklif qilishmadi - bu soxta ma’lumot. Hozircha men mashq xam qila olmayman.",-dedi Kolbi.
Eslatib o‘tamiz, Kovington so‘ngi jangida Leon Edvardsga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar