
Kovachich uchun APLning bir qator klublari kurashmoqda
"Chelsi" futbolchisi Mateo Kovachich yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Yarim himoyachining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. U hali yangi bitim borasida kelishuvga erishgani yo‘q.
Xorvatiyalik futbolchi uchun APLning bir qator klublari kurashmoqda. "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi jamoalar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, deya xabar berdi "90 MIN" nashri.
Ma’lumot uchun, Kovachich ushbu mavsum "Chelsi" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar