Kovach o‘zining "Bavariya"dan iste’foga chiqarilishi haqida nimalar dedi?

  • 17 may, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach o‘zining iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Hozir bu savol meni qiziqtirmayapti. Biz chempionlik uchun kurashyapmiz va mish-mishlarga e’tibor qilmaymiz. Mening klub bilan 2021 yilga qadar tuzilgan shartnomam bor va men ushbu muddat oxirigacha ishlamoqchiman”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Bundesliganing so‘nggi turi oldidan 75 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Borussiya” Dortmund hisobida esa 73 ochko mavjud. Myunxenliklar so‘nggi turni Frankfurtda “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!